Sport | 09:47 / 29.12.2017
10296
1 daqiqa o‘qiladi

Faqat «Real»! Globe Soccer Awards yilning eng yaxshilarini taqdirladi

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards 2017 mukofotini «Yilning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida qo‘lga kiritdi.

Madrid jamoasi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 2017 yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan bo‘lsa, «Real» yakuniga yetayotgan yilning eng yaxshi klubi, deb topildi.

Portugaliyalik Jorjye Mendesh yilning eng yaxshi agenti, germaniyalik Feliks Brix eng yaxshi hakam, deb e'tirof etildi. Ispaniya Primerasi jahondagi eng yaxshi ligaga aylandi.

Yevropa klublari assotsiatsiyasi va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan mukofotlarni topshirish marosimi bugun tunda Dubayda bo‘lib o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid