Jamiyat | 10:42 / 30.12.2017
15206
1 daqiqa o‘qiladi

Kuyovini pichoqlagan qaynotaga nisbatan jinoiy ishi qo‘zg‘atildi

O‘rtachirchiq tumanida kuyoviga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, O‘rtachirchiq tumanida joriy yilning 6 noyabr kuni Fatxulla Voisov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida, kuyovi Baxtbek Boqiyev bilan spirtli ichimlik iste'mol qilishib, o‘zaro janjallashishi oqibatida Fatxulla Voisov oshxona pichog‘i bilan Baxtbek Boqiyevga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Ushbu holat yuzasidan Fatxulla Voisovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid