Sport | 19:40 / 31.12.2017
16380
1 daqiqa o‘qiladi

Video: «Manchester Siti» hujumchisi o‘yin vaqtida yig‘lab yubordi

«Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jyezus Angliya chempionatining 21-turi vaqtida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin vaqtida jarohat oldi. U shundan so‘ng o‘z ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

O‘yinning 12-daqiqasidayoq braziliyalik ushbu yosh forvard tizzasini jarohatlab oldi. Bir necha daqiqa o‘tib, tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin u maydonga qaytdi, ammo u 24-daqiqada og‘riq tufayli o‘yinni davom ettira olmadi va uning o‘rniga Serxio Aguero maydonga tushirildi.

Hozircha futbolchining jarohati darajasi ma'lum emas.

Foto: twitter.com/globoesportecom
Foto: twitter.com/globoesportecom
Foto: twitter.com/globoesportecom

Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Bu Xosep Gvardiola jamoasining 18 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasi yakunlanishi bo‘ldi.

Mavzuga oid