Sport | 10:30 / 01.01.2018
7405
1 daqiqa o‘qiladi

Adebayor marhum akasining o‘g‘lini asrab oldi

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Emmanuel Adebayor 2013 yili vafot etgan akasining o‘g‘lini asrab oldi. Bu haqda futbolchi instagramdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.

«Meni va mening akam Piterni bilganlarga aytishim kerakki, u oramizda yo‘q. Bu uning o‘g‘li edi. Bugun u rasman mening o‘g‘lim bo‘ldi.

Sizlarga Junior Emmanuel Adebayorni tanishtirishga ruxsat bering — mening birinchi o‘g‘lim», — deya yozgan Adebayor.

Foto: Instagram

Ayni vaqtda ushbu togolik futbolchi Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid