O‘zbekiston | 11:20 / 04.01.2018
25336
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston 5 yanvar kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston va Qozog‘iston 5 yanvar kuni Toshkent – Chimkent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmatidan ma'lum qilingan.

Yo‘nalishning umumiy uzunligi 145,2 kilometrni, yo‘l vaqti – 3 soatni tashkil etadi. Reyslarni texnik to‘xtashlarsiz amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Samarqand – Toshkent – Ostona xalqaro tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilgandi.

Undan avval esa Olmaota – Toshkent temiryo‘l yo‘nalishi ochildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid