Sport | 21:29 / 06.01.2018
6224
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. Peshqadamning g‘alabasi, Immobile pokeri va jodugarlardan navbatdagi sensatsiya

Italiya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan bir necha o‘yinlar nihoyasiga yetdi.

Peshqadam «Napoli» o‘z maydonida «Verona»ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

«Latsio» safarda SPAL bilan bellashdi va Immobilening to‘rtta goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Chempionat autsayderi «Benevento» qatorasiga ikkinchi g‘alabani nishonladi. Bu safar «jodugarlar» kutilmaganda «Sampdoriya» kuragini yerga tekkizdi.

«Milan» murakkab kechgan bahsda «Krotone» ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Italiya chempionati, 20-tur
6 yanvar

Napoli – Verona - 2:0 
Gollar: 1:0 – 65 Kulibali, 2:0 – 78 Kalexon. 
Napoli – Reyna, Albiol (Maksimovich, 85), Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Hamshik (Zelinski, 77), Jorjino, Kalexon, Allan, Insine (Rog, 87), Mertens.
Verona – Nikolas, Erto, Kaseres, Ferrari, Karachcholo, Byuxel, Bessa (Kalvano, 77), Fares, Romulo, Verde (Felicholi, 82), Kin (Patstsini, 58).
Ogohlantirishlar: Bessa (34), Romulo (47), Kaseres (67), Ferrari (83).

Milan – Krotone - 1:0 
Gol:
 1:0 – 54 Bonuchchi. 
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura, Bigliya, Chalxanoglu, Kessie (Lokatelli, 84), Suso, Kutrone (Kalinich, 76).
Krotone – Kordats, Ayyeti, Martella, Sampirizi, Chekkerini, Barberis (Kragl, 86), Mandragora, Roden (Krochata, 64), Stoyan, Trotta, Budimir (Simi, 76).
Ogohlantirishlar: Mandragora (20), Bigliya (45), Martella (90).

SPAL – Latsio - 2:5 
Gollar: 
0:1 – 5 Luis Alberto, 1:1 – 8, penalti Antenuchchi, 1:2 – 19 Immobile, 1:3 – 26 Immobile, 2:3 – 30 Antenuchchi, 2:4 – 41 Immobile, 2:5 – 50 Immobile. 

Benevento – Sampdoriya - 3:2 
Gollar:
 0:1 – 45 Kaprari, 1:1 – 69 Koda, 2:1 – 84 Koda, 3:1 – 90 Brinola, 3:2 – 90+2 Kovnatski. 

Jyenoa – Sassuolo - 1:0 
Gol: 
1:0 – 80 Galabinov.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid