Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari va Soliq qo‘mitasi raisiga ikki hafta muhlat berdi
5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari viloyatda islohotlar va vazifalarni bajarilishiga tanqidiy baho berib, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Botirjon Parpiyev, viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari Odilxon Rustamovga shartli ikki hafta muddatda bajarilishi lozim bo‘lgan yangi vazifalarni belgilab berdi.
«2017 yilda Bo‘ka, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlarida va Angren, Bekobod shaharlarida mahalliy byudjyetga soliq tushumi rejasi to‘liq bajarilmagani sabablari o‘rganib chiqilsin. O‘rganish natijasiga ko‘ra, viloyat miqyosida qo‘shimcha soliq zaxiralarini to‘liq ishga solish chora-tadbirlarini tasdiqlash zarur. Iqtisodiyot rivojlansa, ishlagan va ishlamaganlar bir xil bo‘lib qolishi mumkin emas», – deb ta'kidlaydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, mahalliy byudjyet daromadining har bir manbasi bo‘yicha to‘g‘ri taqsimoti bajarilsa, ana shunda daromad paydo bo‘ladi.
«Biz iqtisod bozoriga juda katta pul tashladik: ham naqd, ham kredit. Lekin bozor ularni hazm qilolmadi. Bir paytlar qog‘ozdagi inflyatsiya mavjud bo‘lgan, hozir haqiqiysini ko‘rsatmoqdamiz. Inflyatsiya esa o‘z-o‘zidan pastga tushmaydi, uning uchun har bir hudud moliyaviy manba yaratishi zarur», deb tahlillarni havola etib bordi Prezident.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024