Marselo: «Real» cho‘kyapti»

Foto: Twitter/@realmadrid
«Real» himoyachisi Marselo jamoasining Ispaniya chempionatidagi so‘nggi natijalari va ahvoliga baho berdi.
«Sizga qanday tuyulayotgan bo‘lsa, haqiqatda shunday: biz darg‘azabmiz va o‘zimizni cho‘kayotgandek his qilmoqdamiz. Bu «Real»dagi davrimning eng yomon vaziyatlaridan biri.
Biroq, ahvolni yaxshilash uchun mehnat qilamiz va g‘alaba uchun kurashamiz. Bizga bu holat yoqmayapti. Qo‘ldan chiqarilgan har bir g‘alaba bizga bo‘lgan bosimni oshiryapti, bu juda og‘ir.
Endi g‘alabali yo‘lga qaytish uchun, boshimizni ko‘tarib, kurashish va eng yaxshi xislatlarimizni namoyish etishimiz shart», – deb Marselo so‘zlarini keltirmoqda The Independent.
Mavzuga oid

20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi

11:38 / 05.05.2025