Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi basseynlarda shug‘ullanish uchun olinadigan to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 8-son qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan basseynlarda sog‘lomlashtirish guruhlarida shug‘ullanish uchun olinadigan to‘lov miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.
Qaror bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga 2018 yil 1 fevralga qadar:
basseynlarga kirish va o‘tish joylarida videokuzatuv moslamalari hamda turniketlar o‘rnatilishini ta'minlash;
bolalarni 3 va 6 oylik qisqa muddatli suv sporti turlariga o‘rgatadigan trenerlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish;
basseynlarning manzili, ish vaqti, ko‘rsatiladigan xizmat turlari va narxlari aniq ko‘rsatilgan holda Internet jahon axborot tarmog‘ida doimiy ravishda keng yoritilishini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.
Hujjat matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025