Jahon | 17:30 / 09.01.2018
10499
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Tailand bosh vaziri jurnalistlar bilan mojaro keltirib chiqardi

Foto: AP

Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha (Prayuth Chan-ocha) matbuot anjumaniga o‘zining kartondan (qalin qog‘oz) yasalgan shaklini olib keldi. U buni jurnalistlar savollariga javob qaytarmaslik uchun qilgan.

Chan-Ocha matbuot vakillarining oldiga chiqqan va hukumatning avvaldan tayyorlab qo‘yilgan bayonotini o‘qib eshittirib, qisqa brifingni o‘tkazgan. Keyin u tanaffus oldi va sahnaga o‘zining kartonli shaklini olib chiqib qo‘ydi. «Agarda siz siyosat yoki mojaro haqida qandaydir savol bermoqchi bo‘lsangiz, shu yigitdan so‘rang», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi bosh vazir.

Bi-bi-si’ning ta'kidlashicha, Tailand hukumati 2017 yilning noyabrida umummilliy saylovlar o‘tkazishni va'da qilgan, biroq bu jarayon muntazam ravishda ortga surib kelindi. Bosh vazirga esa shu haqda, shuningdek qirolni haqorat qiluvchilar yoki norozilik namoyishlariga chiquvchilar uchun qamoq muddatlari haqida savol berishlari mumkin edi.

Mavzuga oid