Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borndalen Pxyonchxan-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadi
Biatlon bo‘yicha 8 karra Olimpiada chempioni, norvegiyalik Ule Eynar Borndalen Pxyonchxan Olimipadasi yo‘llanmasidan quruq oldi.
Bugun, Rupoldingda, Jahon kubogi 5-bosqichi doirasida o‘tkazilgan 20 km masofa shaxsiy poygada, sportchi 42-o‘rinni egalladi va yakshanba kuni o‘tkaziladigan umumiy start poygasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritolmadi. Natijada, Borndalen Olimpiada-2018 saralash shartlarini bajarish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
43 yoshli norvegiyalik biatlonchi, saralash shartlariga ko‘ra, Jahon kubogidagi shaxsiy poygalarning birida kamida 6-o‘rinni egallashi yoki ikki marta top-12ga kirishi kerak edi. Ammo Borndalenning eng yaxshi natijasi - Estersundda o‘tgan bosqichdagi 18-o‘rin bo‘ldi.
Norvegiya biatlon terma jamoasining Olimpiada-2018 uchun kengaytirilgan tarkibi 15 yanvardan so‘ng tuziladi. Ammo afsonaviy sportchi unga kiritilmaydi.