Sport | 21:53 / 20.02.2018
11913
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Amerikalik fristaylchi hammani aldadi

Foto: EPA

Vengriya terma jamoasini taqdim qiluvchi 33 yoshli amerikalik fristaylchi Elizabet Sueyni Pyongchangdagi Olimpiadaning xaf-payp – chang‘i fristayli bo‘yicha musobaqalarida oxirgi o‘rinni egalladi. Sportchidan ushbu sport turi uchun xos bo‘lgan turli elementlarni bajarish talab etilgan, biroq u bunday elementlardan birortasini bajarmagan. 

Aniqlanishicha, Suyeni Olimpiadada ishtirok etish uchun huquqni qo‘lga kiritishda uncha ham halol yo‘l tutmagan.  

Ma'lum bo‘lishicha, Sueyni aslida professional sportchi emas. U Olimpiadaga tanlov tizimi mukammal emasligi sababli bora olgan. Qoidalarga ko‘ra, Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun sportchi bir necha xalqaro musobaqalarda yetakchi o‘ttiztalikka kira olishi kerak bo‘lgan.

Suyeni esa ataylab ishtirokchilar soni 30 tadan kam bo‘lgan musobaqalarda ishtirok etgan. Ba'zida uning raqiblari o‘z urinishlari vaqtida yiqilib tushishgan va amerikalik oxirgidan yuqoriroq o‘rinlarni olishga ham muvaffaq bo‘lgan.   

Vengriya chang‘i jamoasi vakillari ular Pyongchangga kelguncha Sueynining uchishini biror marta ko‘rishmaganini tan olishgan. Ularning aytishicha, ayol Olimpiadaga o‘z hisobidan kelgan.

Quyida Sueynining Olimpiadadagi ishtiroki namoyish qilingan. Sportchi o‘z urinishini bitta-ikkita nomigagina sakrashlar bilan bajargan. 

Taqqoslash uchun ushbu yo‘nalishda 1-o‘rin olgan kanadalik Kessi Sharp qanday ishtirok etganini havola qilamiz.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid