Jamiyat | 01:10 / 10.01.2018
7507
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook'ning "Xalq ovozi" guruhida onalarni qadrlashga undovchi videorolik taqdim etildi

Ertalab ishga otlanayotib onalarimizga salom beramiz-da, shoshgancha chiqib ketamiz. Ona esa ortingizda duo qilganicha qoladi. Shu bilan kechqurun charchab uyga qaytamiz, ba'zan onamizning holidan xabar olishga vaqtimiz ham bo‘lmaydi, ikir-chikirlar bilan chalg‘iymiz. Oxirgi marta "Ona, ahvolingiz, sog‘lig‘ingiz qanday? Ko‘nglingiz nimalarni tusayapti?" deb qachon so‘raganingiz yodingizdami? 

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining "Xalq ovozi/Golos naroda" guruhida onalarning qadriga yetishga undovchi kichik rolik taqdim etildi. Undagi so‘zlar sizga tanishdek tuyulgan bo‘lishi mumkin, ehtimol, qayerdadir bu haqida o‘qigandirsiz ham. Biroq jurnalist Sirojiddin O‘sarov g‘oya muallifi va ijrochisi sifatida tasvirchi Abdulxay Jamshid bilan hamkorlikda onalarni e'zozlashga undovchi kichik videorolikni taqdim etdi.

 

Keyin afsus qilmaslik uchun onalarning qadriga borida yeting! 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid