Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasidan boshqasiga o‘tkazishga endi prokuror ruxsat beradi
2018-2022 yillarda jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari rejasida JIEM bino va inshootlarini ta'mirlash va rekonstruksiya qilish belgilanmoqda. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, mahkumlar huquqlari himoyasini kuchaytirish va jazoni o‘tash sharoitlarini yaxshilash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 20 areliga qadar barcha vaqtincha ushlab turish izolyatorlari, tergov hibsxonalari va JIEMni videokuzatuv va boshqa moslamalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashning aniq va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan shaffof tizimni joriy etish, ushbu jarayonda prokuror nazoratini kuchaytirish belgilanmoqda.
Endilikda mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga o‘tkazishda aynan prokuror tomonidan ruxsat berish tartibini amaliyotga joriy etish rejalashtirilmoqda. Bunda mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024