Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi
Telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni eshitib turish, tintuv o‘tkazish va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun sanksiyani elektron tarzda berish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda jinoyat ishlari doirasida ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun elektron sanksiya berish tartibi joriy etiladi
2024 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, bu yerda gap telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, tintuv o‘tkazish, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va boshqa protsessual harakatlar haqida ketmoqda.
Davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa ma’lumotlar bilan bog‘liq ishlarda elektron sanksiya berilmaydi.
Loyihada ko‘rsatilishicha, bunday taklif Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan.
Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025