Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Xitoylikning boshi panjaralarga qisilib qoldi va yig‘lab yubordi
Xitoyda politsiya tomonidan qo‘lga olingan shaxs politsiya mahkamasidagi bo‘lmada boshi panjaralar orasiga qisilib qolgan holda uyg‘ondi. Ushbu holat videosi Metro nashri tomonidan namoyish etilgan.
Rolik boshida ikki politsiyachi ushbu shaxsni qutqarish uchun panjaralar orasini kengaytirishga besamar urinayotganini ko‘rish mumkin. Lekin ularning harakati jabrdiydani yanada qiynaydi va u yig‘lab, joni og‘riyotganini aytib, bas qilishni so‘raydi.
U baland ovozda yig‘lashni davom ettirib, o‘zini nohaq hibsga olishganidan zorlanadi.
Yakunda uni panjaralar orasidan ozod etishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ushbu yigit nega politsiya qo‘liga tushgani va nega panjaralar orasida ko‘z ochgani va uni yakunda qanday qilib qutqarib olishgani ma'lum emas.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025