Jahon | 07:32 / 11.01.2018
14864
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada AQShga qarashli gaubitsalarni tashiyotgan avtokarvon to‘xtatildi

Foto: bild.de

Germaniya sharqida nemis politsiyachilari AQShga qarashli gaubitsalarni tashiyotgan avtokarvonni to‘xtatishdi va unga harakatlanishni taqiqlashdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Amerikalik harbiylardan buyurtma olgan Polsha transport kompaniyasi mashinalari 6 ta Howitzer M109 gaubitsasini olib ketayotgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, gaubitsalarning har biri 20 tonnadan og‘irroq keladi. Avtomobillar haydovchilarda transport hujjatlari va bunday yuklarni tashish uchun ruxsat yo‘qligi sababli Oberlauzits-Nord avtobanida to‘xtatilgan. Bundan tashqari, gaubitsalar juda katta o‘lchamli va og‘ir bo‘lgan: ular Mercedes yuk mashinalaridan ham enliroq bo‘lgan va uni tashib ketayotgan mashinalar uchun belgilangan me'yordan ancha ortiqcha tosh bosgan.

Ta'kidlanishicha, bunday yuklarni tegishli mashinalar kuzatib borishi kerak bo‘lgan, biroq to‘xtatilgan avtokarvonda bunday mashina bo‘lmagan. Shuningdek, haydovchilar mashinalarni uzoq vaqt uzluksiz boshqarganlar.

Politsiyachilar ko‘plab qoidabuzarliklar aniqlangani sababli avtokarvonga harakatlanishni taqiqlab, gaubitsalar barcha zaruriy ruxsatlar bilan mos mashinalarga ortilguncha maxsus maydonchaga jo‘natilgan.

Mashinalar haydovchilari va xizmat ko‘rsatayotgan kompaniyaga jarima solinishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid