Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda inqiroz: «Real» futbolchilari Ronalduga qarshi chiqishdi
«Real» klubi futbolchilari o‘rtasida muammolar paydo bo‘la boshladi, deb yozmoqda Diario Gol. Manba bergan xabarga ko‘ra, madridliklarning bir qator futbolchilari Krishtianu Ronalduning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib chiqqan.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisiga birinchi bo‘lib Isko qarshi chiqqan. Ispaniyalik futbolchini keyinchalik Serxio Ramos, Marko Asensio, Dani Sebalos va Lukas Vaskes qo‘llab-quvvatlagan.
Qayd qilinishicha, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan futbolchilar Ronalduning egoistligidan noligan va jamoaning muvaffaqiyatsizliklarida aybdor sifatida ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining ortda qolgan 18-turidan so‘ng, 17 uchrashuv o‘tkazgan «Real» peshqadam «Barselona»dan 16 ochko ortda qolgan holda, turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 4-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
12:45 / 27.04.2025