Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligida 40 ga yaqin harbiy xizmatchi ishdan bo‘shatildi, 36 nafarining lavozimi pasaytirildi
Mudofaa vazirligida 40 ga yaqin harbiy xizmatchi ishdan bo‘shatildi, 36 nafarining lavozimi pasaytirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbarining ta'kidlashicha, mudofaa vazirining ikki o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari va Chirchiq harbiy bilim yurti boshlig‘i lavozimidan ozod qilingan.
«Bu nimadan dalolat beradi? Bu birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlari qoniqarsiz ekanini ko‘rsatadi. Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshlig‘i hamda barcha harbiy okrug qo‘mondonlarini yangitdan tayinladim.
Shu munosabat bilan barchangizni ogohlantirib aytmoqchiman: 2018 yil sizlar uchun katta sinov yili bo‘ladi. Nega deganda, har qaysi okrug oldida turgan vazifalar, mavjud tahdid va xavf-xatarlar bir-biriga o‘xshamaydi. Buni har qaysi rahbar chuqur bilishi va o‘z faoliyati uchun zarur xulosa chiqarib olishi darkor», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025