Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tebinbuloq koni bazasida tog‘-metallurgiya kompleksi quriladi
12 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Tebinbuloq konini o‘zlashtirishga doir PP-3473-sonli qarorni imzoladi. Unga muvofiq, Tebinbuloq koni bazasida yiliga 1 million tonnagacha po‘lat mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega tog‘-metallurgiya kompleksini qurishga doir investitsion loyiha amalga oshiriladi. Loyihada quyma temir va po‘lat olishda nodomen texnologiyani qo‘llashni ko‘zda tutiladi.
Bir oy muddatda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tuzilmasida Tebinbuloq koni negizida tog‘-metallurgiya kompleksi qurilishi Direktsiyasi tashkil qilinadi. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 2018 yilning 1 apreliga qadar loyihani amalga oshirishni moliyalashtiruvchi aniq manbalar bo‘yicha taklif kiritishi kerak bo‘ladi.
Direktsiyaning xarajatlarini moliyalashtirish "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab berildi.
"Tebinbuloq koni bazasida tog‘-metallurgiya kompleksi qurilishi" loyihasini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qilish bo‘yicha Ishchi komissiya tuziladi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "O‘zinjiniring" Respublika loyihaviy instituti bilan hamkorlikda 2018 yilning 30 dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga "Tebinbuloq koni bazasida tog‘-metallurgiya kompleksining qurilishi" loyihasining belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va muvofiqlashtirilgan texnik-iqtisodiy hujjati kiritilishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasining yer resurslari, geodeziya, kartografiya va kadastr Davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalarini ajratish va shu munosabat bilan mahalliy byudjyet va boshqa manbalar vositalari hisobidan kompensatsiyalar taqdim etilishini (fermer xo‘jaliklari ko‘rgan zararlar, kesilgan daraxtlar va aholining ko‘chirilishi sababli) ta'minlaydi.
Loyiha 2020 yilning 1 yanvariga qadar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
11:29 / 30.01.2025
Tebinbuloq kon-metallurgiya kombinati NDTU bilan hamkor bo‘ladi
20:41 / 10.09.2019
Tebinbuloq koni bazasidagi kon-metallurgiya majmuasi nega kerak? Mas'ullar batafsil ma'lumot berdi
23:10 / 20.08.2019