Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tebinbuloq negizida mamlakat sanoatida ulkan loyiha amalga oshiriladi - Prezident kon-metallurgiya kompleksi qurilishi loyihasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Qorao‘zak tumanidagi Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksini qurish loyihasi bilan tanishdi.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, bu konda 1,1 milliard tonna xomashyo zaxirasi aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, yiliga 33 million tonna ruda qazilib, undan 1,5 million tonna temir olinishi mo‘ljallangan.
Davlat rahbarining 2018 yil 12 yanvardagi qarorida ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari belgilangan.
Kon-metallurgiya kompleksi yiliga 900 ming tonna armatura, 225 ming tonna sim, 375 ming tonna ugolok, shveller va boshqa materiallar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu katta miqdordagi import o‘rnini to‘ldirib, sanoatni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yerda 2 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Mahsulotlarning 35 foizini eksport qilish ham rejalashtirilgan.
Loyihani tayyorlash va amalga oshirishga Germaniyaning «DMT-Group Consulting» va Avstriyaning «Horst Wiesinger Consulting» korxonalari jalb etilgan.

Prezident ushbu kompaniyalar mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Majmua qurilishiga ilmiy jihatdan puxta yondashish, temirdan mahsulot ishlab chiqarish sohasida ham o‘ziga xos maktab yaratish kerakligini ta'kidladi.
Davlat rahbari loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini mukammal ishlab chiqish, uni amalga oshirishga ko‘proq yoshlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga oid
11:29 / 30.01.2025
Tebinbuloq kon-metallurgiya kombinati NDTU bilan hamkor bo‘ladi
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024