Eronda neft tankerida halok bo‘lganlar xotirasiga motam e'lon qilindi

xinhuanet.com
Eronda Xitoy yaqinida falokatga uchragan neft tankerida halok bo‘lganlar xotirasiga 15 yanvar motam kuni deb e'lon qilindi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar bermoqda.
Sanchi nomli tanker 6 yanvarda Xitoy yaqinida yuk tashuvchi kema bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan keyin tankerga o‘t ketgan va buning oqibatida u portlagan. Tankerning 32 kishidan iborat butun ekipaji halok bo‘lgan. Ekipajning 30 a'zosi eronliklar bo‘lgan.
Voqea tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruh vakili Muhammad Ro‘stadning ma'lum qilishicha, tanker jamoasi portlash va zaharli gazlardan halok bo‘lgan.
Eron hukumati halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid

11:33
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

17:26 / 15.04.2025
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi

12:30 / 15.04.2025