Jamiyat | 18:04 / 16.01.2018
25219
16 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tavsiya etadi: FIS!

Foto: FIS

Hozirda yurtimizda oliy ta'lim muassasalariga tayyorlovchi o‘quv markazlar juda ham ko‘p. Ular orasida xorijdagi universitetlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishga yordam beruvchi markazlarni ham uchratish mumkin.

Biroq bo‘lajak talaba o‘quv markazi haqida, uning faoliyati, xizmat ko‘rsatish sifati haqida hech qanday ma'lumotlar bilmay turib, ko‘p hollarda noto‘g‘ri tanlov qilishi mumkin. Shu sababli, birinchi o‘rinda abituriyentlarning xavfsizligi va porloq kelajagi uchun ishonchli o‘quv markazga murojaat qilish lozim.

Foto: FIS

Bizning tahririyatimizga juda ko‘p yoshlar xorijdagi universitetlarga tayyorlovchi o‘quv markazlari haqida batafsil ma'lumot berishimizni so‘rab, murojaat qilishadi. Bugungi maqolamiz va undagi qahramonlarning hikoyalari orqali sizga O‘zbekistondagi eng yaxshi va ishonchli o‘quv markazlaridan birini tanishtiramiz.

FUJI INTER STUDY – abituriyentlarga Yaponiyaning nufuzli ta'lim muassasalariga tayyorlanish va o‘qishga kirish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar beruvchi, shuningdek, yapon tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun samarali ta'lim beruvchi o‘quv markazidir.

Foto: FIS

Nima uchun FUJI INTER STUDY?

Bu savolni ko‘plab yoshlar va ota-onalar berishi tabiiy holat. O‘quv markazi avvalambor, Yaponiyaning ko‘plab kompaniyalari, davlat idoralari, madaniyat va til markazlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bundan tashqari, FIS nafaqat talabalarni OTM kirish imtihonlariga tayyorlaydi, balki Yaponiyada o‘z mehnat faoliyatini boshlab, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor bo‘lgan mutaxassislarga ham ishga joylashishda ko‘maklashadi.

Va eng asosiysi Fuji Inter Study’da yapon o‘qituvchilari dars berishadi va Yaponiyadagi o‘zbek studentlariga ko‘mak bera oladi.

Foto: FIS

FUJI INTER STUDY afzalliklari:

  • Yapon tilini ko‘p yillik tajribaga ega o‘qituvchilardan o‘rganish;
  • Yaponiyadan tashrif buyurgan o‘qituvchilari bilan yapon tilini o‘rganish;
  • FIS tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion o‘quv qo‘llanmasi bilan intensiv o‘rganish imkoniyati;
  • Yaponiyadagi til maktablarida tahsil olish imkoniyati;
  • Yapon tili o‘qituvchilariga Yaponiyada tahsil olish grantlari;
  • Xalqaro diplom va malakaga ega bo‘lish;
  • Yaponiyada ishga joylashishda qo‘llab-quvvatlash;
  • Yoshlar va Yaponiya ta'lim muassasalari o‘rtasidagi ishonchli, samarali va manfaatli hamkorlikni o‘rnatuvchi ko‘prik;
  • Viza olishda ko‘maklashish;
  • Yaponiyaning yetakchi kompaniyalariga biznes safarlar uyushtirishga yordam berish va h.k.
Foto: FIS

Biz FUJI INTER STUDY faoliyati va maqsad-vazifalari bilan yaqinroq tanishish maqsadida o‘quv markazining rahbari Dilafruz Ikromova bilan suhbat qurishga qaror qildik. Markaz rahbari Yaponiyada ta'lim olish afzalliklari hamda mas'uliyati to‘g‘risida ma'lumotlar berib, ayrim “jarangdor” reklama va e'lonlar talabalar ongida noto‘g‘ri fikrlar shakllanishiga sabab bo‘layotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi:

“Yapon tili maktablari chet eldan tashrif buyuruvchi insonlarga dastlabki ta'limni taqdim etuvchi o‘quv maskanlari hisoblanadi. Agarda abituriyent o‘qishga kirmoqchi bo‘lsa, OTMga tayyorlaydi, agarda ishga joylashmoqchi bo‘lsa, mehnat faoliyatini boshlash uchun kerakli ko‘nikmalarni beradi. Yaponiyada tahsil olishni yana bir afzal tomoni, o‘qish vaqtida ishlash imkoniyati mavjud. Talabalar bir haftada 28 soat, ta'til vaqtida esa 40 soat ishlash mumkin. Yaponiyada ishlaydigan talabalar til bilishidan qat'i nazar, bir soatiga 9-10 dollar miqdorida maosh olishi mumkin.

Biroq hozir ko‘plab agentliklar, markazlar Yaponiyada soatiga 15-20 dollar ham bemalol topish mumkin, deb noto‘g‘ri ma'lumotlarni tarqatishmoqda. Bu esa ko‘plab tushunmovchiliklar, muammolarga olib kelmoqda. Sababi, shu maqolalarni o‘qigan, eshitgan yoshlar noto‘g‘ri hisob-kitob bilan bir oyda shuncha maosh topishim mumkin, degan hayolda katta qarz evaziga Yaponiyaga ketishmoqda. Ammo aslida manzara butunlay boshqacha. Yaponiyada ta'lim jarayoniga juda jiddiy qaraladi. Talaba kuniga 4 soat ta'lim olishi, yana 4 soat darslarga tayyorlanishi, uy vazifalarini qilish lozim. Ana shundan so‘ng, uning mehnat qilishga bo‘sh vaqti bo‘ladi.”

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, talabaning bir oyda topgan maoshi 1500 dollardan oshib ketsa, uning o‘qishdagi davomadi, bilim olish ko‘rsatkichlari ham pasayib ketadi. Yapon tilini mukammal egallagan mutaxassisning sohasiga qarab oyligi esa o‘rtacha 2500 AQSh dollaridan yuqori. Eng ko‘p ish haqini IT sohasidagi chet ellik mutaxassislar olishadi. Shuning uchun ham talabalarimizda avvalo o‘qishga e'tibor qaratib, qadamba-qadam yaxshi mutaxassis bo‘lish imkoni katta.

Foto: FIS

Bizning asosiy maqsadimiz – farzandlarimizni ishga jo‘natish emas, balki ularning sifatli va professional bilim olib, yirik kompaniyalarga ishga kirib, malaka oshirishida ko‘maklashishdir. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, 5-10 yil davomida Yaponiyada tahsil olib, ishlagan yoshlar Vatanimizga o‘z-o‘zidan tayyor investor bo‘lib qaytmoqda. Bir narsani juda yaxshi anglash lozim: biz xorijga turli oilalarning farzandlarini, turli bilim darajasiga ega yoshlarni yuboramiz. Qo‘liga kitoblar olib, o‘qishga bir-ikki kun qatnab, keyin qiyin vazifalarni ko‘tara olmay, qochib ketadigan talabalarimiz ham bor. Bitta o‘zbek talaba qochsa, bu albatta, qolgan barcha yurtdoshlarimizga ham ta'sir qiladi. Shu sabab ham, Yaponiyaga o‘qish yoki ishlash uchun ketayotgan har bir yosh ta'lim olish ishtiyoqida bo‘lishi, mas'uliyatni his qilishi va O‘zbekiston sha'nini boshqa davlat vakillari oldida himoya qilishi va ko‘klarga ko‘tarishga tayyor bo‘lishi lozim”.

Foto: FIS

Dilafruz Ikromova, FIS o‘quv markazi rahbari

Markaz rahbarining ta'kidlashicha, Yaponiyada ta'lim olish va ishlash uchun albatta, yapon tilini bilish talab etiladi. Agarda talaba tilni bilmay borsa, unda zerikish va o‘zida ishonchsizlik paydo bo‘ladi, qolaversa ish topishiga ham jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.

“Avvallari, odamlar Yaponiyani juda ham uzoq, qimmat mamlakat, deb hisoblashgan. Lekin ayni damda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tufayli yoshlarimizning Yaponiyada tahsil olishi va malaka oshirishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Yapon tilni bilgan, o‘z sohasining yaxshi mutaxassisi bo‘lgan insonlar uchun Yaponiya ajoyib tajriba makonidir. Shuningdek, Yaponiya qonunlar, qadriyatlar mamlakatidir. Bu yerda vaqtini zoye ketkazib, sayoq yurgan yoshlar Yaponiyada o‘z fe'l-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartiradi. U yerdagi tarbiyaviy muhit har qanday insonning namunali xulqini shakllantirishga yordam beradi. Biz yoshlarni kuzatamiz va Yaponiyadagi vakillarimiz esa ularni kutib olishadi. Bir oylik moslashuv jarayonida ular bilan birga bo‘lib, barcha shart-sharoitlarni tushuntirib o‘tishadi. Biz yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qildi Dilafruz Ikromova suhbat davomida.

FIS o‘quv markazining Yaponiyadagi ta'lim muassasalari bilan hamkorligiga yaqinroq ishonch hosil qilish maqsadida Tokyo International College o‘qituvchisi janob Tanaka bilan bog‘landik. Ular bizga FIS o‘quv markazining faoliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdilar:

“Bizning maktab Fuji Inter Study bilan 3 yildan buyon hamkorlik qiladi. Ular bizlarga juda ko‘plab bilimga chanqoq talabalarni yuborishgan. Hozirda bizda juda ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil oladi.

Foto: FIS

Men bu yil yozda O‘zbekistonga intervyu olish maqsadida o‘quv markazining Toshkent Andijon hamda Qarshidagi ofisiga tashrif buyurdim. Markaz xodimlari juda ham do‘stona kutib olishdi. Ayniqsa, ularning yapon tilida erkin so‘zlasha olishi meni juda quvontirdi. Ularning Yaponiyada tahsil olgani va yapon madaniyati, urf-odatlaridan xabardorligi sababli o‘zimni qulay va xotirjam his qildim.

Yaponiyada ayni damda xorijliklar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni ortib bormoqda. Shu sababli, hozirda chet elliklarning bankda hisob raqami ochishi va telefon sotib olish uchun shartnoma tuzishi biroz murakkab jarayon sanaladi. Talabalarimiz esa bu vaqtda tilni bilmasliklari uchun qiyin ahvolga tushib qolishadi. Shuning uchun, Yaponiyaga kelishdan avval, bank bilan muloqot qilish va shartnomalarni to‘ldirish bo‘yicha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Albatta, Fuji Inter Study bu masalada yaqindan yordam berishiga ishonaman”.

Foto: FIS

Fuji Inter Study o‘quv markazini ochish g‘oyasi 2014 yilda paydo bo‘lgan bo‘lib, rasman 2016 yilning kuzida ishga tushdi. Hozirda markazning asosiy idorasi Toshkent shahrida bo‘lib, u yerda Yaanaka-san, Matsuvara-san, Mayu-san kabi yaponiyalik ko‘ngillilar talabalarga yapon tili asoslaridan saboq berishadi. Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Shahrisabz va Qarshida ham FIS filiallari faoliyat olib boradi. Bu esa albatta, viloyatlik abituriyentlar uchun yanada qulaylik va katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Xo‘sh, talabalarchi? Ularning Yaponiyadagi ta'lim borasida fikrlari qanday? Fuji Inter Study yoshlarning o‘z maqsadlariga erishishida qay darajada ko‘mak bera oldi? Bu savollarga xolis va aniq javob olish maqsadida Yaponiyadagi maktablarga o‘qish uchun jo‘nab ketgan talabalarga murojaat qildik.

“Men FIS o‘quv markazida 2017 yilning aprel oyidan sentabrgacha tahsil oldim. Bizga ta'lim bergan o‘qituvchilar Yaponiyada malaka oshirib kelgan ustozlar bo‘lib, ularning interfaol uslubdagi ta'lim metodikalari har bir o‘quvchini til o‘rganishga qiziqtira oldi. Men Qarshi muhandislik iqtisodiyoti institutida yordamchi bo‘lib ishlardim. Maqsadim esa Yaponiya OTMda o‘z soham bo‘yicha PHDda tahsil olish edi. Bu orzuimni amalga oshirishda FIS o‘quv markazi yaqindan yordam berdi. Hozirda O‘zbekistonda yapon tili bo‘yicha olgan bilimlarimni yanada chuqurlashtirish maqsadida Tokyo Internatinol Exchange Collage’ida o‘qishni davom ettirmoqdaman”.

Foto: FIS

Nurbek Mamatov

“Men FIS’ning Qarshidagi filialida 2017 yilning aprel oyidan boshlab bilim oldim. Domlalarimiz Qosimjon, Samandar, Jamhur Yaponiyada malaka oshirib kelayotgan o‘qituvchilar bo‘lib, ulardan juda ham minnatdorman. Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialida tahsil oldim. 2014 yil o‘qishni tamomlab, Qashqadaryo elektr tarmoqlari korxonasida ishladim. Yaponiyaga kelishimdan maqsadim IT bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qib, yaponlarning ish tizimini o‘rganib, O‘zbekistonga qaytmoqchiman. Kelajakda Vatanim rivojiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Bu niyatni amalga oshirishda Fuji inter study hamda markaz rahbarlari Dilafruz opa, Jamol akaga chin dildan rahmat aytaman”.

Foto: FIS

Rustam Hafizov

Yaratganga shukur, ko‘p yillik orzum ushalib, shu oy Yaponiyaga tahsil olish uchun yetib keldim. Bunda menga FIS o‘quv markazi rahbarlari va hodimlari katta yordam berishdi. Markazda o‘quvchilar soni ham ortib bormoqda. O‘quvchilarning boshiga yumush tushsa, albatta, markaz rahbariyati hamda, ushbu markazni ta'sis etishda faol ishtirok etgan Yaponiyaning Sanko global kompaniyasiga murojaat etishlari mumkin.

Keyingi rejalarim shundan iboratki, birinchi galda albatta tilni mustahkam o‘rganaman. Shuningdek, yaponiyalik ishbilarmon insonlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, o‘z ishimni boshlash hamda yurtimiz rivoji uchun oz bo‘lsa-da, o‘z hissamni qo‘shishni istayman!

Foto: FIS

Surayyo Jo‘rayeva

Guvoh bo‘lganingizdek, yoshlar yaratilgan imkoniyatdan behad mamnun. Ularning bilim olishi va ishlashida yaqindan ko‘mak berayotgan Fuji Inter Study yapon tilini mukammal o‘rganishni, bilim-tajribasini mustahkamlashni va go‘zal madaniyatga ega mamlakatda professional mutaxassis bo‘lib qaytishni istagan barcha yoshlarni o‘z safiga chorlab qoladi.

Yangi yilda yangi maqsadlar

“Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yili” munosabati bilan Fuji Inter Study o‘quv markazi ham o‘z faoliyatida yapon tilini o‘qitish metodikasiga o‘ziga xos innovatsion uslub bilan yondashmoqda. Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining malakali professor hamda yaponiyalik lingvistlar bilan hamkorlikda Fujino Nihongo yapon tilini o‘qitish yangi metodikasini ishlab chiqdi. Bu metodika O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek tilida 6 oyda N4 darajasini interfaol o‘rganish imkoniyatini beradi. Endi talabalarimiz bizning markazimizda yapon tilini tajribali mutaxassislar bilan birgalikda o‘zbek tilidagi qo‘llanma asosida o‘ranishlari mumkin.

Foto: FIS

Shuningdek, markazda FIS Club ham tashkil etilgan. Unda talabalar yaponlar bilan bevosita do‘stlashib, muloqot qilish imkoniyatiga egadirlar.

Tanlov

Ayni vaqtda markazda iyul, oktabr oylarida Yaponiyada ta'lim olish uchun tanlov boshlangan. Konsultatsiyaga yozilish uchun FIS’ning onlayn sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: www.crm.fis.uz/ru/registration

Hamkorlikni faqatgina sinalgan va ishonchli o‘quv maskanlari bilan boshlang. O‘z vaqtida olingan ta'lim yorqin kelajak uchun hozirlangan zamindir.

Foto: FIS

Bizning manzil:

Tashkent shahri: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 107 B. Xalqaro biznes markazi C blok, 14-qavat.
Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati
Telefon: +998712389338
+998951960775
+998712008338 (call centre)

Andijon: Boburshoh ko‘chasi, 40.
Mo‘ljal: Temir yo‘l vokzali
Telefon: +998952032323
+998712008338 (call centre)

Qarshi: Qarshi shahar, A.Temur ko‘chasi, 118a
Telefon: +998982750525

Samarqand: Samarqand shahar, Dog‘bed ko‘chasi, 36 uy
Telefon: +998909828776

+998712008338 (call center)
Cayt: www.fis.uz
Email: [email protected]
Telegram: t.me/fujiinterstudyuz
Facebook: fb.com/fujiinterstudyuz
Instagram: instagram.com/fuji_inter_study_japan_

Reklama huquqi asosida

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid