Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadan Samarqandga uchishi kerak bo‘lgan samolyotdan O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Moskvadan Samarqandga parvoz qilishni rejalashtirgan samolyot bortidan mast yo‘lovchi chiqarib olindi. Hodisa Vnukovo aeroportida yuz berdi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV TBning MFO bo‘yicha matbuot xizmati.
Ma'lum bo‘lishicha, yo‘lovchi trap samolyotdan uzoqlashganidan so‘ng, ya'ni samolyot parvozga ko‘tarilishga tayyorlanayotganida o‘zini yomon tuta boshlagan.
Ekipaj bebosh yo‘lovchini tartibga keltira olmagan. Havo kemasi qo‘mondoni uni salondan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan.
"Havo kemasi qo‘mondoni tomonidan yo‘lovchiga mast bo‘lgani uchun parvozni amalga oshirishda rad javobi berildi. Yo‘lovchi navbatchilik qismiga yetkazildi. U O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekani aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi", - deya ta'kidlab o‘tishgan mahkamadan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025