Rustam Imomali Dushanbe hokimiyati moliyaviy faoliyatini tekshirish talabi bilan chiqdi
Dushanbe hokimi Rustam Imomali Tojikiston Moliyaviy nazorat va korrupsiya bilan kurash bo‘yicha davlat agentligidan poytaxt hokimiyati faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda Dushanbe hokimiyati axborot xizmati xabar bergan.
Rustam Imomali korrupsiyaga qarshi kurash mahkamasiga tegishli murojaat yuborgan. Hujjat poytaxtda byudjyet mablag‘laridan foydalanish shaffofligi hamda maqsadli ishlatilishini ta'minlash maqsadida yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Moliyaviy nazorat va korrupsiya bilan kurash bo‘yicha Davlat agentligi Tojikiston prezidentining respublika hamda poytaxt byudjyet mablag‘laridan foydalanilishini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmasini bajargan edi. O‘shanda Dushanbe shahrida qurilayotgan va avval foydalanishga topshirilgan 69 ta obektda byudjyet mablag‘lari talon-toroj etilgani aniqlangan.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024