Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 7 mln so‘mlik uyali telefonni o‘marib ketishdi
2018 yilning 15 yanvar kuni taxminan soat 13:00 larda F.A. va J.K. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida joylashgan savdo majmuasida fuqaro G.M.ning chalg‘iganligidan foydalanib, uning egnidagi kiyimidan bahosi 6.927.500 so‘m bo‘lgan "I Rhone 7 Plus" rusumli uyali telefonini o‘g‘irlaganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (o‘g‘irlik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, jabrlanuvchining kiyimidan mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (kissavurlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025