Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobus eshiklari berk bo‘lgani rad etildi. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida «Samara—Chimkent» yo‘lining 1068-kilometrida avtobus yonib ketishi qisqa tutashuv tufayli ro‘y bergan. Bu haqda Aqto‘be viloyat FVD vakili Vitaliy Sinev ma'lumot bergan.
Ushbu fojia oqibatida avtobus salonida bo‘lgan 57 kishidan 52 nafari halok bo‘ldi. Ularning barchasi ko‘p ehtimol bilan O‘zbekiston fuqarolari edi. Hodisadan omon qolgan 5 kishining 2 nafari qozog‘istonlik haydovchilardir.
Avtobus eshiklari yopilib qolgani uchun ichkaridagi yo‘lovchilar chiqib keta olmagani haqida avvalroq berilgan taxminlar tasdiqlanmadi.
«Ekspertiza yakuniy natijalari olinguncha va fojianing barcha jihatlari aniq bo‘lgunicha, OAV vakillaridan tasdiqlanmagan ma'lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz»,— deyilgan viloyat ma'muriyati bayonotida.
Qozog‘iston politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
«Tabiiyki, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hamma shu yerda — prokuratura, ichki ishlar departamenti, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departament, tibbiyot vakillari hamda oblast gubernatori o‘rinbosari raisligidagi komissiya — ish o‘rganilmoqda.
Fakt mamlakat JKning 345-moddasi 4-bandi bo‘yicha qayd etildi», deya ta'kidlagan manba.
Mazkur modda yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport ekspluatatsiyasi qoidalarining buzilishi oqibatida ehtiyotsizlikdan odam o‘lishini nazarda tutadi. Bu moddaga ko‘ra javobgar besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
«Biz 52 tobut va transport tayyorlab qo‘ydik. Qarindoshlar, ko‘p ehtimol bilan, tanish jarayoniga kelmaydi. Yorish ishlari Aqto‘beda o‘tkaziladi, so‘ng jasadlar samolyot bilan O‘zbekistonga yuboriladi va tanish jarayoni o‘sha yerda o‘tkaziladi», deya Aqto‘be viloyati ma'muriyati vakilining so‘zlarini keltirgan Tengrinews.kz.
Bundan avvalroq yonib ketgan avtobusning egasida yo‘lovchi tashish uchun litsenziya bo‘lmagani haqida ma'lum bo‘lgandi. Qozog‘iston investitsiyalar va mamlakatni rivojlantirish vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, avtobus majburiy texnik ko‘rikdan 2015 yilning 17 avgustida o‘tgan va uning muddati 2016 yilning 17 fevralida tugagan.
Mavzuga oid
09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi
11:59 / 13.03.2023
Qozog‘istonda buzilgan avtobusdan 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi
20:30 / 09.04.2021
Sergeyev supergol yo‘llagan o‘yinda 8ta gol kiritilib, «Aqto‘be» kambek ko‘rsatdi
13:10 / 19.01.2021