O‘zbekiston | 13:40 / 18.01.2018
54975
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligi Aqto‘bedagi fojia bo‘yicha rasmiy axborot berdi

Foto: Tengrinews

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil 18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 1068-kilometrida, Kalibay aholi punktidan 10 km uzoqlikda «Ikarus» rusumli yo‘lovchi avtobusi harakatlanish chog‘ida yonib ketgan.

Avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bor bo‘lib (dastlabki ma'lumotlarga qaraganda O‘zbekiston fuqarolari), ulardan 5 kishiga Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitaning Halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan tibbiy yordam berilgan, qolgan 52 kishi voqea joyida vafot etgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari joyida yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan Irg‘iz tumaniga yuborildi, deyiladi tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabarida.

Mavzuga oid