Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foydasi tatimadi
Odamlar gavjum joylarda, bozor hududlarida qator tizilishib turgan kishilar orasidan chiqib kelib, qulog‘ingiz ostiga “dollar olamiz”, deb pichirlab ketadigan valyutafurushlar hali-hanuz uchrab turibdi.
Muqaddam sudlangan O‘tkir Xalilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) “dollarfurush” sifatida tanilgan shaxs. Qaynukasi bilan mehmondorchilikka otlangan O‘tkirni shofirkonlik tanishi Salimjon Amirov to‘xtatdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
- Bir tanish qizga kattaroq “partiya”da dollar kerak edi. Shu masalada sizga uchrashishim kerakligini aytishgandi, - dedi u kim orqali kelayotganini bildirish uchun.
- Bo‘pti. O‘sha qiz bilan uchrashib, gaplashib olamiz...
Qunduz Jovliyeva dugonasi Nargiza Rustamova bilan unga uchrashdi. O‘tkir ularga 5 200 AQSh dollarini sotib, yaxshigina daromad qildi. Biroq valyuta qimmatliklarini qonunga xilof tarzda sotgan O‘.Xalilovga “ko‘k”idan topgan bu foyda tatimadi. “Dollarfurush” huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan voqea joyida ushlandi.
O‘tkirga qing‘ir qilmishi uchun qonun oldida javob berishga to‘g‘ri keldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi hukmi bilan O‘.Xalilovga jarima jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025