Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Xavfsizlik kengashi a'zolarining tadbirida qatnashdi
2018 yilning 18 yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi a'zolarining oliy darajadagi «Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari» mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Qozog‘iston raisligi doirasida o‘tkazilgan BMT Xavfsizlik kengashining tadbirida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari tomonidan nutq so‘zlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Vashingtonda yana bir yirik amaldor bilan uchrashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025