O‘zbekiston | 09:09 / 20.01.2018
11739
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy byudjyet nimalarga sarflanadi? Hokimiyat aholi bilan ochiq muloqotda

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Sherzod Kutbiyev/Kun.uz

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Sherzod Kutbiyev aholini Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ochiq muloqotlarda faol ishtirok etishga chaqirmoqda. Hokim "Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolar ishtirokini ta'minlashning ustuvor vazifalari: ilg‘or g‘oyalar, innovatsiya va texnologiyalar" xalqaro anjumanidagi nutqida endilikda mahalliy byudjyetni to‘g‘ri taqsimlash uchun xalqning o‘zi bu jarayonda bevosita ishtirok etishini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. 

Hokim Mirzo Ulug‘bek tumanining 2018 yildagi mahalliy byudjyetining parametrlarini qayd etib o‘tdi. Unga ko‘ra, daromadlar qiymati - 142,6 milliard so‘m, xarajatlar qiymati esa 142,6 milliard so‘mni tashkil etadi. 

2017 yilning 4-choragida mahalliy byudjyet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarining (erkin qoldiq shaklida) bajarilgan qismi 5,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Hokimiyat bu mablag‘ni quyidagi maqsadlarga yo‘naltirishni rejalashtirgan:

– tuman obodonlashtirish boshqarmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash (1,7 mlrd. so‘m);
– Qorasu-6 dahasidagi mahalliy yo‘llarni kapital ta'mirlash (1,1 mlrd. so‘m);
– Hamid Olimjon maydoni hududini obodonlashtirish (0,4 mlrd. so‘m);
– Maktab, maktabgacha ta'lim muassasalari, xalq ta'limi bo‘limi va maktabgacha ta'lim muassasalari bo‘limlarini ta'mirlash hamda moddiy-texnika bilan ta'minlash (0,5 mlrd. so‘m);
– Kasalxonalarni moddiy-texnik ta'minlash (0,3 mlrd. so‘m);
– aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (0,3 mlrd. so‘m);
– boshqa xarajatlar (0,5 mlrd. so‘m).

Yuqoridagi xarajatlarni amalga oshirgandan so‘ng, hokimiyat hisobida yana 1,0 mlrd. so‘mgacha mablag‘ qoladi. Shu sababli, hokimiyat so‘rovnoma o‘tkazib, aholining fikrini o‘rganib chiqmoqda.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid