Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAdagi yong‘in bir oilaning 7 farzandi umrini xazon qildi
BAAning Fujayrasidagi yong‘in natijasida bir oilaning 7 nafar farzandi halok bo‘ldi. Arabian Business shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘lim tutundan zaxarlanish natijasida yuzaga kelgan.
Amirlik politsiyasi ertalab bolalarning onasi qo‘ng‘irog‘ini qabul qilgan, ayol tutun hididan uyg‘ongan. Bolalar uy ichidan chiqa olmay qolishgan, deyiladi xabarda.
Voqea sodir bo‘lgan joyga o‘t o‘chiruvchilar va politsiya yetib kelganida bolalarning bari - 3 o‘g‘il va 4 qiz hayotdan ko‘z yumib bo‘lgandi. Ularning eng kattasi - 13 yosh, eng kenjasi esa 5 yoshda bo‘lgan. Yong‘in sababi aniqlanmoqda, deyiladi nashrda.