Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov «Real» akademiyasi direktori bilan uchrashdi
Ayni paytda Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida erishilgan kelishuvga asosan "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabi ochiladigan bo‘ldi.
Undan tashqari "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Shuningdek, yurtimizdagi iste'dodli bolalarni "Real" Madridga olib borish, "Qirollik klubi" tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta'minlash bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
"Real Madrid" Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.
Endilikda ushbu dastur asosida "Real Madrid" metodologiyasini o‘zbekistondagi futbol klublarida ham qo‘llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025