Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryodagi yo‘llar qachon tartibga keltiriladi?
KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida viloyatdagi yo‘llar holati, bu boradagi ishlar haqida ma'lumot berildi.
«Sirdaryo viloyatida 3813 kilometr ichki avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan shahar ko‘chalari 312 kilometr, tuman markaziy ko‘chalari 147 kilometr, xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari 1622 kilometr, qishloq aholi punkti ko‘chalari 1416 kilometr, shahar tipidagi kichik posyolkalarda 314 kilometrdir. Viloyat avtomobil yo‘llarini ta'mirlash, saqlash bo‘yicha bitta kichik tashkilot bo‘lgan. Kelganimizdan keyin bu tashkilotni tubdan takomillashtirish, alohida rivojlantirish, modernizatsiya qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qildik. Bu yerni o‘zimizda, chet elda ishlab chiqariladigan texnika bilan ta'minladik. Sutkasiga 50 tonnaga yaqin asfalt ishlab chiqaradigan kichik zavod bor edi, hozir yangi zavod olib keldik. 2017 yilda yo‘lning qurilishiga 2016 yilga qaraganda ikki yarim barobar ko‘proq mablag‘ ajratildi.
Biroq bugungi kunda ichki xo‘jalik yo‘llarining 3160 kilometr qismi yoki 83 foizi ta'mirtalab ahvolda. 2018 yilda 136 kilometr yo‘lni ta'mirlash belgilangan. Ko‘priklarimiz juda yomon ahvolda bo‘lgan, hozir har birini ta'minlash choralarini ko‘ryapmiz. Bunga ham katta mablag‘ sarflanadi, biroq qilish kerak. Yo‘llar landshaftini ham tartibga keltirmoqdamiz, birinchi qatoriga archa, so‘ng qayrag‘och, uchinchisiga akatsiya kabi o‘zimizning daraxtlarni ekib, olti qatorli ko‘rinishga keltiriladi. Bu Chinozdan boshlanib, to Dashtobodgacha qilinadi», - dedi hokim.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025