Xitoy insonlar DNKsini ommaviy ravishda tahrirlamoqda
Xitoyning yirik klinikalari mamlakatning moslashuvchan qonunchiligi tufayli 2015 yildan buyon CRISPR/Cas9 usuli yordamida inson genomini o‘zgartirishga doir tajribalarni o‘tkazmoqda. Wall Street Journal shu haqida xabar berdi. Boshqa mamlakatlarda bunday tajribalar — insonlarning genetik modifikatsiyalashga bog‘liq tajribalar kabi - taqiqlangan.
Ma'lumki, saraton va qator boshqa kasalliklar — inson hujayrasi mutatsiyasi natijasi. Onkokasallik yuzaga kelgan taqdirda, mutatsiyaga kirishgan hujayra boshqa tabiiy yo‘l bilan, "qarilik"dan o‘lmaydi. Ba'zi olimlarning anchadan beri taxmin qilishlaricha, saraton hujayralari DNKsidagi xatolarga tuzatish kiritilsa, o‘lmas hujayralarni yana o‘ladigan qilish mumkin va shu tariqa saraton muammosini hal qilish mumkin.
Muammo shundaki, yaqin-yaqingacha inson DNKsini tahrirlashga oid nisbatan maqsadli usullar yo‘q edi. Bir necha yil oldin ma'lum bo‘lishicha, bakteriyalarning CRISPR'ga qurilgan o‘z immun tizimi mavjud. Ushbu bakterial jihozlardan nusxa ko‘chirish yordamida DNKdan kerakli uchastkalarni ajratib, ularni boshqalariga almashtirish mumkin.
Nazariyaga muvofiq, bunday usul bilan nafaqat saraton, balki bugungi kunda insoniyat genofondidagi kamchiliklar natijasida yuzaga kelgan ko‘plab bedavo kasallliklarni davolash mumkin, masalan, tug‘ma ko‘zi ojizlikni.
Shunday bo‘lsa-da, aksariyat mamlakatlar qonunchiligi bunday tajribalarni taqiqlaydi, hatto bemor tajriba obekti bo‘lishga rozilik bergan taqdirda ham. XXRda yirik klinikalarning etik qo‘mitalari ko‘ngillilar bilan shunday shartnoma imzolash huquqiga ega. Manbaga ko‘ra, 2015 yildan buyon kamida 86 kishi shunday xizmatlardan foydalangan. Bu asosan saratonga yo‘liqqan bemorlardir.
Mavzuga oid
00:46 / 10.11.2024
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023