Sport | 07:30 / 25.01.2018
14739
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» «Chelsi»ni yengib finalga chiqdi

Foto: Premer liga

«Arsenal» Angliya ligasi Kubogi yarim finali doirasidagi javob bahsida «Chelsi»ni qabul qildi va g‘alaba qozonib, turnir finaliga yo‘l oldi. Jamoalarning birinchi uchrashuvida hisob ochilmasdan qolgandi — 0:0.

Javob bahsida Eden Azar tezkor gol bilan hisobni ochib, jamoasining finalga chiqish imkoniyatlarini oshirib yuborgandi. Ammo ko‘p o‘tmasdan Nacho Monrealning zarbasi Antonio Ryudiger orqali darvozaga kirib, hisob tenglashdi. Ikkinchi bo‘limda Granit Chaka mezbonlarning g‘alaba golini urdi — 2:1.

Endi turnir finalida «Arsenal»ni «Manchester Siti»ga qarshi bahs kutib turibdi. Bu jamoa yarim finalda «Bristol Siti» to‘sig‘idan o‘tgandi (3:2). Liga Kubogining hal qiluvchi bahsi 25 fevralga belgilangan.

«Arsenal» uchun bu turnir tarixida 8-final bo‘ladi. Bunday natija «Aston Villa» va «Tottenhem» jamoalari tomonidan ham qayd etilgan. Bundan yaxshiroq natija esa faqat «MYu» (9) va «Liverpul»da (12).

Angliya ligasi kubogi
Yarim final, javob uchrashuvi

Arsenal – Chelsi 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Azar, 1:1 – 12, avtogol Ryudiger, 2:1 – 60 Chaka.
Arsenal – Ospina, Koselni, Monreal, Belerin, Mustafi, Uilsher, El-Nenni, Djaka, Ozil, Ivobi (Remzi, 84), Lyakazett (Kolashinats, 84).
Chelsi –    Kabalero, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 72), Azar, Kante, Villian (Barkli, 30), Bakayoko, Pedro (Batshuayi, 65), Alonso.
Ogohlantirishlar: Azar (17), Uilsher (31), Mozes (62), Monreal (66).

Mavzuga oid