Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda «Yevro-5» standartidagi motor va aviatsiya yonilg‘isi ishlab chiqariladi
Jizzax viloyati Zafarobod tumanida bunyod etilayotgan neftni qayta ishlash majmuasida yiliga 5 million tonna neft qayta ishlanib, “Yevro-5” standartidagi yuqori sifatli motor va aviatsiya yonilg‘isi, benzol, mazut, bitum va boshqa bir necha turdagi mahsulotlar olinadi, deb yozmoqda O‘zA.
Zavod qurilishi «Jizzakh Petroleum» qo‘shma korxonasi hamda bosh pudratchi – «Enter Engineering Ltd» kompaniyasi va uning sheriklari bilan birgalikda olib borilmoqda.
Yangi majmuaga Rossiya va Qozog‘iston konlaridan qazib olinayotgan xomashyo neft quvuri orqali yetkazib beriladi. Ma'lumki, Omsk – Pavlodar – Chimkent neft quvuri tarmoqlaridan biri Jizzax viloyatiga yaqin hududdan o‘tgan. Shu yerdan yangi majmuagacha uzunligi 100 kilometrlik quvur yotqiziladi. Loyiha doirasida qozog‘istonlik sheriklar uzunligi 168 kilometrlik neft quvurini rekonstruksiya qilib, nasos stansiyalari va texnik inshootlar qurib beradi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, korxona sanoat usulida ishga tushirilgandan so‘ng bu yerda 2 mingta ish o‘rni yaratiladi. Ma'lumki, neft-kimyo tarmog‘idagi har bir ish o‘rni tarmoq bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sohalarda ham yana bir necha yangi ish joylarini yaratadi. Shu jihatlar hisobga olinib, korxona ishga tushishi bilan 16 mingdan ortiq yuqori daromadli yangi ish o‘rni paydo bo‘lishi mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025