Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda 20 soniyada quvvatlanuvchi elektrobus sinovdan o‘tkazilmoqda
Singapur universiteti o‘z kampusida transport tajribalarini o‘tkazishni davom ettirmoqda. Ikki yil avval u yerda haydovchisiz avtobus paydo bo‘lgandi. Endi esa yangi avtobus sinovdan o‘tkazilmoqda: unda haydovchi “o‘z o‘rniga qaytarilgan” hamda elektrodvigatel va 20 soniyada quvvatlana oladigan batareyalar o‘rnatilgan.
22 o‘rinlik elektrobus BlueSG kompaniyasi tomondan yaratilgan. Unga kompaniyaning boshqa avtobusi – Bluetram asos bo‘lgan. Yangi elektrobusda unga 30 km yo‘l bosib o‘tishga imkon beruvchi akkumulyator mavjud. Biroq u zaxira funksiyasini bajaradi. Elektrobusning asosiy energiya manbai – superkondensator bo‘lib, u avtobus bekatda turadigan vaqt – 20 soniya ichida quvvatlana oladi.
Talabalar shaharchasidagi har bir bekat maxsus quvvatlash tizimi bilan jihozlangan. Avtobus bekatga kelganda, maxsus teleskopik raz'yom itarilib chiqib, elektrobusga 2 km yo‘lga yetadigan energiya beradi. Bu masofa bir bekatdan ikkinchisiga yetib olish uchun yetarlidir. Kompaniyada ma'lum qilinishicha, bu arzon yechimdir. U uchun infratuzilma oson yaratiladi. Elektrobus jamoat transportining istalgan boshqa turidan xizmat ko‘rsatishda samaraliroq bo‘lishi va'da qilinmoqda.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
11:53 / 11.02.2025