Texnologii | 21:36 / 27.01.2018
7708
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada dorilarni inson tanasining zarur joyiga yetkazuvchi mini-robotlar yaratildi 

Foto: TASS

Nemis olimlari dorilarni inson organizmining zarur joylariga yetkazuvchi mini-robotlar yaratishdi. Bu antiqa ixtiro haqida Spiegel online nashri xabar bermoqda.

Shtutgartdagi Maks Plank jamiyatining intellektual tizimlar instituti olimlarining ma'lum qilishicha, robot sudrala oladi, suzadi va hattoki sakray oladi. Hozirgi kunda bu robotlar bunday turdagi eng kichik o‘lchamlilari hisoblanadi. Bu mini-robotlarning o‘lchami bor-yo‘g‘i 4 mm ni tashkil qiladi, ular qog‘oz varag‘i kabi yassi va yumshoq, elastik polimerdan tayyorlangan, bu esa robotni boshqa kichik robotlarga nisbatan harakatchanroq qiladi. Bundan tashqari, qurilma ushlay oladi, obektlarni kerak joylarga yetkazadi va qo‘yib yuboradi. Kelgusida bu texnologiya shifokorlarga dorilarni tananing shikastlangan qismlariga trubkalarsiz yetkazishga imkon beradi. 

“Bu robotni minimal darajadagi invaziv aralashuvlarsiz qo‘llamoqchimiz. Bemor robotni yoki yutib yuborishi, yo u organizmga teridagi kichik teshik orqali kiritilishi va u tana ichida harakatlana olishi mumkin”, deb aytgan Metin Sitti.

Olimlar mini-robotlarni yaratishda meduzalar, qurtlar va qo‘ng‘izlar lichinkalaridan  andoza olishgan. Qurilmaning polimer qatlamiga magnit zarralar o‘rnatilgan. Shu tariqa olimlar tashqi magnit maydoni yordamida obekt shaklini o‘zgartira oladilar va uni boshqara oladilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid