Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimi har oyda bir marta yoshlar bilan uchrashishga va'da berdi
Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov tadbirkor, fermer hamda xunarmand yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqida viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
"Xo‘jakent" dam olish oromgohida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘z faoliyatini endigina boshlagan tadbirkor, fermer va hunarmand yoshlar muammolarining yechimi yuzasidan viloyatning tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi. Natijalarni esa shaxsan hokimning o‘zi nazoratga olishi ta'kidlandi.
Toshkent viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlardan 50dan ziyod savol va takliflar bildirildi. Jumladan, Uralova Oysha Angren shahrida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida tog‘li hududda restoran ochish niyati borligi, buning uchun esa nol balans qiymatdagi bino ajratilishi va kredit olishda yordam kerakligini aytdi. Viloyat hokimi Oyshaning taklifi o‘rganilib viloyatning 2018 yil dasturiga kiritilishini aytib, 10 kun muddatda kredit olishi uchun hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha Markaziy bank rahbari Rustam Po‘latovga topshiriq berdi.
Qibray tumanida «Qibray oltin meva» fermer ho‘jaligiga rahbarlik qilayotgan Zarina Jumanazarova issiqxona tashkil qilib, limon ko‘chatlarini ekish uchun Xitoy davlatidan 1200 ta limon va 600 ta mandarin ko‘chatlarini olib kelganligini aytdi. Issiqxona tashkil etish uchun tayyorlanadigan hujjatlarning ko‘pligi hamda sarsongarchilikka yo‘l qo‘yilayotganligi haqidagi muammosini aytdi, 100 millionlik biznes rejasiga kredit olishida imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha yordam so‘radi. Viloyat kadastri hamda Markaziy bank xodimiga 10 kundan so‘ng shu qizga hujjatlarini to‘g‘irlab, kredit ajratilishiga doir javobni kutib qolishini aytdi.
Shu kabi savol va muammolarini aytib, ijobiy javob olgan yoshlar hokimga minnatdorlik bildirishdi. Viloyat hokimi G‘ulomjon Ibragimov endi har oyda bir marta yoshlar bilan uchrashishni odat qilishini ta'kidladi. "Bunday uchrashuvlarga siz ham, men ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelishimiz shart. Sababi, men Toshkent viloyati yoshlarining salohiyati bundan-da yaxshiligiga, bundan-da zo‘r ishlarni qila olishiga ishonaman. Hozir sizlar tomoningizdan tashkil etilgan ko‘rgazmani tomosha qildim va har biringiz bilan suhbatlashdim. O‘ylaymanki, birgalashib juda ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Men sizlarga bu borada qo‘limdan kelgan barcha yordamni beraman", - dedi hokim.
Shuningdek Ibragimov O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilishi haqida ijobiy fikr bildirib, yoshlardan umidi katta ekanligini ta'kidladi. Bu borada viloyat Kengashiga ham tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025