Sport | 11:28 / 27.01.2018
22580
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U23 Osiyo chempionati finalida Vetnam bilan bellashadi

Foto: The-afc.com

Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati finalida Vetnamga qarshi maydonga tushadi. 

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Final «Sport TV» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bahsni Xayrulla Hamidov va Eldor Mustafoyev birgalikda sharhlab boradilar.

Avvalroq, yoshlar terma jamoasi ustozi Ravshan Haydarov final haqida fikr bildirarkan, jamoa faqat g‘alaba uchun maydonga tushishini ta'kidlagan edi.

«Bu o‘yin biz uchun muhim va unda g‘alaba qozonib barchani xursand qilishni istaymiz. Raqibni qanday jamoa ekanini bilamiz va ularga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz», - dedi Haydarov.

O‘zbekiston terma jamoasining boshlang‘ich tarkibi

 

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid