Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida «Diqqat temir yo‘l» tadbiri o‘tkaziladi
2018 yil 25 yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hududidan o‘tgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdini xavfsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida korxona, tashkilot, o‘quv muassasalari va mahallalarda profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, bu kabi tadbirlar 9 ta umumta'lim maktabi, 4 ta kollej, 6 ta yo‘lovchi tashuvchi uyushma, 3 ta zavod, 2 ta mahalla, 13 ta temir yo‘l kesishmasida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi. Temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
13 ta temir yo‘l kesishmasiga 21 ta YPX xodimlari biriktirildi. Ular tomonidan “Afrosiyob” tezyurar poyezdini o‘tish vaqtida harakat xavfsizligi ta'minlab turildi. Shuningdek, temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzgan 55 haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
24 ta joyda Boshqarma apparati xodimlari tomonidan profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.











Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025