O‘rtachirchiq tumanida avval sudlangan shaxs odam o‘ldirdi
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilgan.
Qayd etilishicha, 24 yanvar kuni soat 12:00larda O‘rtachirchiq tumani “Sholikor” mahallasi Fidoyilar ko‘chasi 24-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1965 yilda tug‘ilgan B.M. mast holda shu mahalla Madaniyat ko‘chasida yashagan, 1977 yilda tug‘ilgan Sh.T.ning uyida o‘zaro janjal oqibatida uning bosh qismiga yog‘och bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada Sh.T. voqea joyida vafot etgan. B.M. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

14:15 / 14.04.2025
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

20:52 / 15.03.2025