Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada qariyalar uyida chiqqan yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyaning Sapporo shahridagi qariyalar uyida 1 fevralga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.
NHK telekanalining mahalliy o‘t o‘chirish xizmati vakillariga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan 31 yanvar soat 23.40da olingan. Voqea joyiga 40 ta o‘t o‘chirish brigadasi yuborilgan.
Binoda 16 kishi yashagan. Ularning barchasi keksa yoshli odamlar bo‘lib, kam ta'minlangan fuqarolar uchun nafaqa bilan ta'minlanganlar.
Qutqaruvchilar 50 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan 5 kishi – 3 erkak va 2 ayolni qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan. 11 kishi – 8 erkak va 3 ayol halok bo‘lgan.
Yong‘in sababi hozircha o‘rnatilmagan. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
08:10 / 24.05.2025