Jamiyat | 11:00 / 01.02.2018
11405
3 daqiqa o‘qiladi

Go‘sht xavfsizligiga doir talablarning rioya etilishini kim nazorat qiladi? 

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining 22.01.2018 yildagi 36-son qarori bilan Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament hamda uni joriy etish sxemasi tasdiqlandi.

Norma.uz’ning yozishicha, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha go‘sht va go‘sht mahsulotlari (jami 141 nomdagi) texreglament tartibga soladigan obektlar hisoblanadi. U quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

• jismoniy shaxslar o‘z foydalanishi uchun keyinchalik sotish niyatisiz so‘ygan mahsulotlar va go‘sht mahsulotlari;
• hayvonlar uchun ozuqabop va ozuqaga biologik faol qo‘shimchalar, dorilar, yemlar, ozuqaga mo‘ljallanmagan, so‘yilgan mahsulotlardan foydalanib yoki ular asosida tayyorlangan mahsulotlar;
• ovqatlanish (umumiy ovqatlanish) tashkilotlarining xizmatlar ko‘rsatishda sotish uchun mo‘ljallangan, shuningdek ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda so‘yilgan mahsulotlardan va go‘sht mahsulotlaridan foydalanib yoki ular asosida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari; 
• retsepturasiga ko‘ra go‘shtli ingrediyentlari kamida 5%ni tashkil etadigan oziq-ovqat mahsulotlari.

Hujjatda mahsulotni majburiy identifikatsiyalash nazarda tutilgan, uni quyidagilar amalga oshiradi:

• uni mamlakat hududida muomalaga chiqarayotgan tayyorlovchi;
• sertifikatlash organi – mahsulotni baholash va muvofiqligini tasdiqlash maqsadida;
• davlat nazorat organi – mahsulot texreglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida.

Texreglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, «O‘zstandart» agentligi va ularning hududiy organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.

Tadbirkorlik sub'yektlari qabul qilingan texreglamentni o‘rganib chiqishlari, sifat uchun mas'ul xodimlarni o‘qitishlari va uni o‘z ishlab chiqarishlarida joriy etishlari shart. Texreglament amalga joriy etilgandan keyin sertifikatlash taomillaridan o‘tish (sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xulosalarini olish) uchun uning talablariga muvofiq mahsulot namunalarini tayyorlashlari zarur.

Ma'lumot uchun: texnik reglamentlar amalga joriy etilishi bilan standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar uchun majburiy bo‘lmay qoladi va ixtiyoriy qo‘llash tusiga ega bo‘ladi. 

Texreglament kuchga kirgunga qadar so‘yilgan mahsulotlar va go‘sht mahsulotlariga berilgan sanitariya-epidemiologiya xulosalari va muvofiqlik sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugaguncha haqiqiy hisoblanadi.

Hujjat 23.01.2018 yilda rasman e'lon qilindi. Umumiy texnik reglament e'lon qilingan kundan boshlab 18 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Қаҳрамон Асланов
Tayyorlagan Қаҳрамон Асланов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid