Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli pensiyadan «quruq qoldi»
Braziliya prezidenti Mishel Temer pensiya idoralariga tirik ekani va pensiyani olmayotgani haqida dalil-isbotlarni taqdim etmadi, deb xabar bermoqda O Globo.
Temer San-Pauluda 1999 yilda pensiyaga chiqqan bo‘lib, bunga qadar shtat prokurori sifatida ishlagan.
Braziliyada pensionerlar har yili tegishli idoralarda «tirik ekanini isbotlash» deb nomlangan qayta ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ishtirok etishlari shart. Buni tavallud topgan kunda qilish kerak. Temerning tug‘ilgan kuni 23 sentabrga to‘g‘ri keladi, biroq u kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmadi hamda noyabr va dekabr uchun pensiyadan mahrum bo‘ldi.
Braziliya prezidenti ma'muriyatidan tushuntirishlaricha, u bandligi tufayli jarayonda ishtirok eta olmagan. Shuningdek, ofisdan ma'lum qilishlaricha, idoralarga barcha kerakli hujjatlarni yuborishdi.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
20:37 / 12.05.2025