Jahon | 17:56 / 02.02.2018
9822
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada mayya hindularining yuzlab inshootlari topildi

Foto: Reuters

Gvatemalada xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan mayya hindularining avval noma'lum bo‘lgan ko‘plab inshootlari, jumladan, ehromlar, saroylar va to‘g‘onlar topildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bu topilma yerga kirib boruvchi lazer tufayli ro‘y berdi.

Alohida obektlarning joylashuvi olimlarga Mayya hindularining o‘nlab shaharlari xomaki xaritasini tuzish imkonini berdi. Inshootlarni bir necha asr davomida qalin junglilar yashirib turgan.

Arxeologlar lidar texnologiyasidan foydalanishdi (ingliz. LIDAR — Light Identification Detection and Ranging — nur yordamida aniqlash, identifikatsiya qilish va masofani belgilash). Olimlar lazer nuridan foydalangan holda avval noma'lum bo‘lgan inshootlar batafsil sxemasini tuzib chiqishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid