Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi
Hodisa avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuz bergan. Taxminlarga ko‘ra, bunga transport vositasining tormoz tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Gvatemalda yo‘lovchi avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus San-Agustin-Akasaguastlan shahridan mamlakat poytaxti tomon harakatlanayotganida ko‘prikdan jarlikka qulagan.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, hodisa avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuz bergan. Avtobus bir nechta avtomobil va ko‘prikning metall panjaralariga urilgan, so‘ng daryo oqib o‘tuvchi jarlikka qulagan.
Hodisa joyidan olingan suratlardan ko‘rish mumkinki, avtobusni qisman suv bosgan. Taxminlarga ko‘ra, avariyaga avtobusning tormoz tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Fojia oqibatida 36 nafar ayol va 15 nafar erkak halok bo‘lgan. Gvatemalada uch kunlik milliy motam e’lon qilindi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025