Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov Andijonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan Andijonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Dastlab, Umid Ahmadjonov Andijondagi Sho‘rbuloq futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi. O‘FA 1-vitse-prezidenti maktab-internatidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng, delegatsiya «Andijanka» sport bazasiga tashrif buyurib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Umid Ahmadjonov «Andijanka» jamoasining stadionini rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, O‘FA 1-vitse-prezidentining qaroriga ko‘ra 7 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan «Andijanka» jamoasi 2018 yilgi Superliga bahslarida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Umid Ahmadjonov shuningdek «Sog‘lom avlod stadioni»da andijonlik futbol muxlislari bilan uchrashdi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025