Sport | 03:22 / 04.02.2018
21054
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. "Real" autsayder jamoani yenga olmadi

Foto: Marca

Ispaniya chempionatining 22-turida "Real Madrid" "Levante" maydoniga safar qildi. "Syudad de Valensiya" o‘yingohida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

11-daqiqada Ramos mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 42-daqiqada Boateng oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 81-daqiqada madridliklar Iskoning goli evaziga yana hisobda oldinga chiqishga muvaffaq bo‘lishgandi, biroq o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida Patstsini jamoasiga 1 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. 

Levante – Real Madrid 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 11 Ramos, 1:1 – 42 Boateng, 1:2 – 81 Isko, 2:2 – 89 Patstsini.
Levante – Olasabal, Postigo, Luna, Koke, Rober, Lukich, Lerma (Marti, 68), Dukure, Morales, Ivi Lopes (Patstsini, 77), Boateng (Djyeyson, 60).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Vaskes, 90), Beyl (Isko, 66), Ronaldu (Asensio, 82), Benzema.
Ogohlantirishlar: Dukure (13), Ramos (21), Ivi Lopes (26), Asensio (84), Koke (88), Varan (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid